Karera markazi
Karera markazi
|
26/02/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi talabalarning biznes loyihalarini amalga oshirishga bag‘ishlangan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Unda Jizzax viloyati hokimi  birinchi o‘rinbosari  Zafar Azimov, Markaziy bankning Jizzax viloyati boshqarmasi rahbari Salohiddin Botirov, “O‘zmilliybank AJ” viloyatbanki rahbari Nurulla Islamov hamda universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ishtirok etdi.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti bitiruvchilari qatnashgan tadbirda Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Mutasaddilar bitiruvchilarni imtiyoz va dasturlardan unumli foydalanishga, tadbirkorlikni boshlashga chaqirdi.


Tadbir davomida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Talabalar tarqatilgan qo‘llanmalar asosida “Kelajakka qadam” dasturi imkoniyatlari, namunaviy biznes loyihalar va taqdim etilgan ma’lumotlar yuzasidan o‘z savollarini berdi.

Uchrashuv yakunida bunday amaliy muloqotlar barcha fakultet bitiruvchilari bilan davom ettirilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, universitet binosida tashkil etilgan bank maslahat xonasi doimiy ravishda faoliyat yuritib, talabalarga biznes loyiha tuzish, moliyaviy rejalashtirish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishi ta’kidlandi.


Ulashish:
2 168
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.