Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/03/2024
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 7-sonli majlisi taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

Dastlab universitet rektori O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan ilmiy unvon bo‘yicha berilgan diplomlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Shundan so‘ng Tabiiy fanlar fakulteti professori (v.b.) Sultonov Marat Mirzayevichni qutlug‘ 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan  qutladi. Universitet rektori o‘z so‘zida ta’lim-tarbiya va pedagogika sohasining jonkuyar targ‘ibotchisi Marat Sultonovning kimyo sohasida yaratgan darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va monografiyalari ilm fan rivojiga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladi.

Taqdirlash marosimi so‘ngida uzoq yillardan buyon kimyo sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash borasida sidqidildan mehnat qilib kelayotgan jonkuyar va kamtarin ustozga universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda rahbariyat tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari va diplom topshirildi.


Ulashish:
1 087
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...