Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/11/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 4-son majlisi taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan Kengashning 4-sonli majlisi an’anaviy tarzda taqdirlash marosimi bilan ochildi. Universitet rektori Maqsudjon Abdullayevich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan ilmiy daraja diplomlarini ustoz-pedagoglarga tantanali ravishda topshirdi.

Rektor o‘z so‘zida ilmiy daraja olgan ustozlarni tabriklab, ulardan keyingi faoliyatlarida ham ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shishlarini tiladi.

Shundan so‘ng universitetimizga tegishli yutuqlar yuzasidan tahlillar taqdim etildi. Ta’kidlanishicha, oxirgi yillardagi yutuqlarning 90 foizi sport yo‘nalishida qo‘lga kiritilgan. Shu munosabat bilan iqtidorli talabalarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish va ilmiy salohiyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi aytildi.Rektor joriy yil oktyabr oyidan boshlangan ingliz tili kurslarida pedagoglar ishtirokini va o‘quv jarayoni monitoringini kuzatib borilayotganini qayd etdi. Shuningdek, shanba kuni «kasbiy rivojlantirish kuni» sifatida belgilangani va o‘tgan hafta birinchi seminar samarali o‘tgani alohida ta’kidlandi.

Uning aytishicha, barcha ishlar formal tarzda emas, sidqidildan amalga oshirilishi, aniqlangan kamchiliklar birgalikda bartaraf etilgandagina yuqori natijaga erishish mumkin. «Muammolarni yechimsiz qoldirmaylik, ishga jon kuydirib yondashaylik», — dedi rektor.Shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan hamkorlik masalalariga ham to‘xtaldi. Universitet faoliyati uchun haqiqiy manfaat keltiradigan, doimiy amaliy ishlab kelayotgan hamkorlar bilan ishlash muhimligi ta’kidlandi. «Hamkorlik soni ko‘p, ammo sifati bo‘lmasa, buning foydasi yo‘q. Bizning hamkorligimiz talabalar bilim sifatida o‘z ifodasini topsin», — dedi universitet rahbari.

Majlisda ilmiy darajaga ega bo‘lgan ustozlarning obro‘-e’tiborini yuksak qo‘yish, boshqa pedagoglar uchun ham namuna sifatida ko‘rsatish zarurligi qayd etildi. Rektor universitet ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha qat’iy maqsad qo‘yilganini va bu yo‘nalishda amaliy ishlar davom ettirilayotganini bildirdi. Xorijlik mutaxassislarni jalb qilish, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar va fikrlar ham muhokama qilindi.

Rektor so‘zi yakunida universitetdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitda ijobiy o‘zgarishlar sezilayotganini va bu holat uni quvontirayotganini ta’kidladi. Shundan so‘ng kun tartibidagi asosiy masalalar muhokamasiga kirishildi.


Ulashish:
1 964
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda navbatdan tashqari kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdan tashqari kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Marosim an’anaviy tarzda taqdirlash bilan boshlanib, universitet rektori Maqsudjan Yuldashev Aniq fanlar fakulteti dotsenti Fayzulla Hayitovni...
Turkiyalik hamkorlar bilan memorandum imzolandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Turkiyaning nufuzli Anadolu universiteti vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar tadbirni o‘z universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan tanishtiruv videotaqdimoti bilan ochib berdilar.
JDPU talabasi Jizzax shahridagi Prezident maktabida ochiq dars tashkil qildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Irkayeva Taxmina Jizzax shahridagi Prezident maktabida amaliyot jarayonlari doirasida ochiq dars tashkil etdi.