Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/02/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Georgia universiteti huzuridagi GATESOL vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ikki tomonlama akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.

Muzokaralar davomida ingliz tili ta’limini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Har yili universitetda Markaziy Osiyo miqyosida ingliz tili o‘qituvchilarini birlashtiruvchi yirik xalqaro konferensiya tashkil etish tashabbusi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqot guruhlarini shakllantirish, xalqaro grant loyihalarida hamkorlikda ishtirok etish, sun’iy intellektni til ta’limiga integratsiya qilish, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish hamda CEFR asosida baholash tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Tomonlar qo‘shma TESOL sertifikat dasturlari va malaka oshirish modullarini ishlab chiqish masalalarini ham muhokama qildilar. Mazkur uchrashuv uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Ulashish:
1 372
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.