Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi University of Georgia Global Engagement Office vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev Abdullayevich boshchiligidagi delegatsiya AQShning Georgia shtatida joylashgan University of Georgia universitetida tashrif davomida ushbu universitetning Global Engagement Office (Xalqaro hamkorlik bo‘limi) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida ta’lim, ilmiy tadqiqot va akademik almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, ikki oliygoh o‘qituvchilari va talabalari uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, hamda TESOL va ta’lim texnologiyalari sohalarida o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlari haqida kelishib olindi.


Shuningdek, uchrashuvda University of Georgia vakillari Jizzax davlat pedagogika universitetining xalqaro faoliyati, ta’lim sifati va so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdilar.

Ular O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholab, kelgusida qo‘shma dasturlar va malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha aniq takliflarni bildirdilar.
Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va xalqaro ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


Ulashish:
1 594
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.