Isroilova Sanam 1994-yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 1975–1979-yillarda Samarqand viloyati Payariq tumani kutubxonasining o‘quv zali mudirligidan boshlagan.
Ko‘p yillik samarali faoliyati davomida axborot-kutubxona tizimini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ayni vaqtda Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazida yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritmoqda.




Isroilova Sanamning soha rivojiga qo‘shgan hissasi munosib e’tirof etilgan. Jumladan, u 2021-yilda “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.



Yubiley munosabati bilan universitet ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida universitet rektorining tabrigi o‘qib eshittirildi, jamoa a’zolari tomonidan samimiy qutlovlar izhor etildi.


Isroilova Sanamga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va kelgusi faoliyatida yanada ulkan yutuqlar tilaymiz.
