Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/07/2024
Chop etish
JDPUga yangi prorektor tayinlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Mamanazarov Abdusamat Abdusaitovich hamda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda ishtirok etgan Ta’lim sifatini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Mamanazarov Abdusamat Abdusaitovich so‘nggi yillarda yurtimizda oliy ta’limga qaratilgan islohotlar, xususan, mazkur universitetda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari haqida ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng Abdusamat Mamanazarov Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan  Jizzax davlat pedagogika universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich tayinlanganini o‘qib eshittirdi.

F.Jo‘raqulov 1980-yilda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti, 2003 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti hamda 2012 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2003 yildan O‘zbekiston Milliy universiteti jahon falsafasi tarixi va mantiq kafedrasi o‘qituvchiligidan boshlagan. Furqat Jo‘raqulov o‘tgan yillar mobaynida ta’lim tizimi hamda mahalliy ijro hokimiyatining turli xil lavozimlarida faoliyat olib borgan. Siyosiy fanlar doktori, professor.


Ulashish:
1 718
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro hamkorlik doirasida boks bo‘yicha master-klass va shartnoma imzolandi.
Revolution Boxing Promotion kompaniyasi bilan o‘zaro kelishuv asosida Jizzax davlat pedagogika universitetida sport faoliyatining boks yo‘nalishi talabalari uchun maxsus master-klass tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumdan avval tashkil etilgan uchrashuvda musiqa ta’limi yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ochib berdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.