Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/09/2024
Chop etish
JDPUda yirik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yilligi munosabati bilan universitetda 27-28-sentyabr kunlari “Ta’limni rivojlantirish strategiyasi: qadriyatlarga asoslangan taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan va shu yo‘nalishga qiziqish bildirgan barcha darajadagi tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarni birlashtirishga, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha turli nuqtai nazarlarni o‘rganishga qaratilgan.

Batafsil ma’lumot va qaysi soha/mavzularda maqolalar qabul qilinishi hamda maqolalarga qo‘yiladigan talablar haqida ⛓ushbu havolada (https://jdpu.uz/talimni-rivojlantirish-strategiyasi-qadriyatlarga-asoslangan-taraqqiyot/) tanishishingiz mumkin.

Yuqoridagi suratlarda esa ushbu konferensiyaga hamkorlik qilayotgan muassasalar va tadbirda chiqish qiluvchi mehmonlar haqida bilib olishingiz mumkin.

Barchangizni JDPUda kutamiz!

 


Ulashish:
573
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.