Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/12/2025
Chop etish
JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.

Bayramona muhit universitet hayotiga o‘ziga xos shukuh bag‘ishlab, talaba-yoshlar hamda mehmonlarga yangicha kayfiyat ulashdi.

Tadbir doirasida bir guruh Qorbobo va Qorqizlar universitetning Yoshlar shaharchasidan boshlab tantanali ravishda parad qilib o‘tdilar. Bayramona qiyofadagi qahramonlar musiqa sadolari va ijodiy chiqishlar bilan parad ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdilar.

Mazkur bayram tadbiri universitet jamoasining birdamligi, ijodiy faolligi va yangi yil arafasidagi iliq kayfiyatini yanada kuchaytirdi.Ayni damda universitet hududi bayramona bezatilib, yangi yilga xos quvonch va iliq muhit hukm surmoqda.


Ulashish:
2 269
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.