Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/11/2025
Chop etish
JDPUda Xalqaro Sirdaryo kuni munosabati bilan ekologik seminar o‘tkazildi.

 Jizzax davlat pedagogika universitetining Geografiya laboratoriya xonasida Xalqaro Sirdaryo kunini nishonlash doirasida muhim ma’naviy-ma’rifiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) ko‘magida tashkil etildi.

Seminarda respublika ekologik harakati a’zolari, viloyat suv xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari mutaxassislari, shuningdek, JDPUning Geografiya va Biologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari va magistrantlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida suv resurslaridan oqilona foydalanish, Sirdaryo havzasida ekologik muammolar va ularning yechimlari, mintaqadagi iqlim o‘zgarishlarining ta’siri, biologik xilma-xillikni saqlash kabi dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Mutaxassislar tomonidan hudud ekologik barqarorligini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish borasida takliflar ham ilgari surildi.

Seminar ishtirokchilari savol-javoblar jarayonida mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga atroflicha javob oldilar. Tadbir yakunida Xalqaro Sirdaryo kunining ahamiyati, mintaqa ekologik muvozanatini ta’minlashda ilm-fan va amaliy hamkorlikning o‘rni alohida ta’kidlandi.


Ulashish:
818
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU talabalari Turkiyada qishki maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va mutaxassislari xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Turkiya davlatining nufuzli Necmettin Erbakan Universitida tashkil etilgan “Silk Road and Beyond – 2026”...
JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...
30 nafar mentorning mualliflik taqdimot-darslari maxsus komissiya tomonidan baholandi.
O‘tgan galgi uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlari doirasida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida tashkil etilgan 3 kunlik seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar orasidan saralab olingan 30 nafar mentor o‘zlarining mualliflik...