Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/02/2026
Chop etish
JDPUda Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan anjuman bo‘lib o‘tdi

 11-fevral Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot resurs markazi konferensiya zalida “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sana doirasida tashkil etilgan tadbir ayollarning ilmiy salohiyati, ularning barqaror jamiyat qurishdagi o‘rni hamda ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi strategik ahamiyatini yoritishga bag‘ishlandi.

Anjumanda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, olima ayollar, soha mutaxassislari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ayol olimalarning mas’uliyatli vorisligi, ilmiy izlanishlarning jamiyat taraqqiyotidagi roli, milliy rivojlanishning intellektual poydevorini mustahkamlash masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

So‘zga chiqqanlar xotin-qizlarning ilm-fan sohasidagi faolligi va yutuqlari yurtimiz taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekanini alohida ta’kidlashdi.

Anjuman kuni zalni Jizzaxning yetuk olima ayollari va kelajakda ilm yo‘lini tanlagan bo‘lajak olimalar egalladi. Tadbir ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator xotin-qizlarni taqdirlash bilan yakun topdi.


Ulashish:
2 390
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.