Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/09/2024
Chop etish
JDPUda “Ta’limni rivojlantirish strategiyasi: qadriyatlarga asoslangan taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro konferensiya mehmonlari JDPUda

Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida 2024 yil 27-28 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Ta’limni rivojlantirish strategiyasi: qadriyatlarga asoslangan taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini dastlab konferensiyada ishtirok etadigan xorijlik mehmonlarni kutib olish bilan boshladi.

Xalqaro va xorijiy ekspertlar, respublikamizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari olimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan ushbu anjumanni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov ochib berdi.



Konferensiyada 22 ta davlatdan 100 dan oshiq olimlar ishtirok etishdi. Konferensiyaning yalpi majlisidagi asosiy so‘zlovchilar dunyoning eng top jumladan dunyoda uchinchi o‘rinda turuvchi Buyuk Britaniyaning Oksford , dunyoda to‘qqizinchi o‘rinda turuvchi pedagogikada esa dunyoda birinchilardan deb hisoblangan London Universitet kollejidan, Yangi Zelandiyadagi Oklend, AQSHning Pensilvaniya davlat universitetlaridan olimlar taklif etildi.

Konferensiya: Globallashgan dunyoda qadriyatlarga asoslangan ta’lim paradigmalari, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ta’lim maqsadlari –Innovatsiya va tadqiqotga asoslangan oliy pedagogik ta’lim –To‘rtinchi sanoat inqilobining ta’lim jarayonlariga transformatsiyasi –Ta’lim sohasida keng ilmiy yondashuvli va progressiv ilg‘or texnologiyalar –XXI-asrda chet tillarni oʻqitish va amaliy tilshunoslik (FLTAL) kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlandi.

Ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan va shu yo‘nalishga qiziqish bildirgan barcha darajadagi tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarni birlashtirishga, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha turli nuqta-i nazarlarni o‘rganishga qaratilgan konferensiyaning taqdirlash marosimida barcha xorijlik olimlarga universitetning 50 yillik tantalari munosabati bilan esdaliksovg‘lari topshirildi.Quvonarlisi shuki, Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti prorektori Mohira Huseynova Jizzaх davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipovga Ozarbayjon davlat pedagogika universitetining faxriy doktori unvonini tantanali ravishda topshirdi. O‘z navbatida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori ham Mohira Huseynovaga Jizzax davlat pedagogika universiteti faxriy doktori unvonini topshirdi.

 

Shuningdek, konferensiya doirasida OAV vakillari, xorijlik va mahalliy olimlar ishtirokida «Jizzax davlat pedagogika universiteti 50 yoshda» mavzusida matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning 50-yillik faoliyati, bugungi kun hamda yaratilgan sharoitlar haqida so‘z bordi. Savol-javoblar asosida o‘tgan matbuot anjumani universitet hududiga qilingan press-tur bilan yakun topdi.

Muhokamalar bahs-munozaralarga boy bo‘lgan konferensiya tushdan so‘ng o‘z ishini sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirdi.


Yakunida, kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi va konferensiya materiallarini to‘plam shaklida chop etishga kelishib olindi.


Ulashish:
1 111
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.