Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika, psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti tomonidan “Ta’limda sun’iy intellekt va raqamlashtirish: zamonaviy pedagogik muammolar va yechimlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjumanni universitet rektori, professor M. A. Yuldashev ochib berdi. Unda ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish, ulardan samarali foydalanish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.




Anjumanning asosiy maqsadi — sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’limga joriy etish jarayonidagi pedagogik va psixologik muammolarni tahlil qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda xalqaro hamkorlik asosida ilmiy yechimlar ishlab chiqishdan iborat.





Tadbirda O‘zbekiston olimlari bilan bir qatorda Malayziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiyadan professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Jumladan, Malayziyaning Utara universiteti dotsenti Hasniza binti Nordin, Ozarbayjon tillar universiteti tadqiqotchisi Shafiqa Tahirova hamda «Future survey inc.» kompaniyasi prezidenti A. A. Turg‘unov sohaning dolzarb masalalari yuzasidan ma’ruzalar qildi.







Anjuman davomida sun’iy intellektning ta’limdagi imkoniyatlari, raqamli texnologiyalarni pedagogik va psixologik jarayonlarga integratsiya qilish masalalari muhokama qilinib, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
