7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
3 kilometr masofani qamrab olgan mazkur marafonda oliy ta’lim muassasalari talabalari, xodimlar, uyushmagan yoshlar, maktab o‘quvchilari, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yugurish ishqibozlari ishtirok etmoqda.









Mazkur sport tadbiri sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan. Unda 1200 nafardan ortiq universitet talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilar, xodimlar faol ishtirok etib, yuqori kayfiyat va sport ruhini namoyon etmoqda.
