E’lonlar
E’lonlar
|
29/09/2025
Chop etish
JDPUda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt asosida o’qimoqchi bo’lgan abituriyentlar uchun kontrakt.edu.uz platformasidan shartnomalarni olishingiz mumkin:

2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin o’qishga tavsiya etlmagan abituriyentlar kontrakt.edu.uz platformasidan ro’yxatdan o’tib tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt shartnomalarini onlayn rasmiylashtirishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

✅1-qadam: telefoningizda google brouzerga kirib kontrakt.edu.uz kirib kirish degan joydan ro’yxatdan o’tishni bosasiz..

✅2-qadam: 1). pasport seriya va 2). JShShIR ni kiriting, 3). ikkita parol degan joyga bir xil 6 ta raqamdan iborat parol kiring, 4). telefon raqamingizni kiriting va SMS kod olishni bosing, telefoningizga kelgan SMSni kiriting

✅3-qadam: kontrakt.edu.uz platformasiga kirganingizdan so’ng 3 ta gorizantal chiziqni bosib to’lov-kontrakt degan joyga kirib Ariza ni bosing va Ariza yuborishga kirib, Qabul birinchi kurs BMBA (DTM) orqali degan joyni bosing.

✅4-qadam: A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI degan joyni tanlab «Ariza yuborish» bosing va quyidagilardan tanlang degan joyda ikki tomonlama, Stipendiyasiz ni tanlab yuborishni bosing…

✅5-qadam: kontrakt.edu.uz platformasiga kirganingizdan so’ng 3 ta gorizantal chiziqni bosib to’lov-kontrakt degan joyga kirib Shartnoma degan joyidan Siz va universitet o’rtasida tuzilgan shartnomani yuklab olasiz va bank orqali shartnomadagi summani 50% amalga oshirasiz…

⚠️ Savollaringiz bo‘lsa, Qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin:

📞+99894-343-0144, +99850-515-17-72


Ulashish:
2 953
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.