Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/03/2026
Chop etish
JDPUda “Speaking Club” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ingliz tilida erkin muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida universitet rektori tashabbusi bilan “Speaking Club” to‘garagi tashkil etildi.

To‘garak doirasidagi ilk uchrashuv mehmon spikeri sifatida Jizzax shahridagi Prezident maktabi direktori Azizbek G‘aybullayev ishtirok etib, “STEAM in Education” mavzusida nutq so‘zladi.

Uchrashuv davomida talabalarga zamonaviy ta’limda STEAM yondashuvining ahamiyati hamda Prezident maktablarida qo‘llanilayotgan innovatsion ta’lim tajribalari haqida ma’lumot berildi. Tadbir interaktiv ruhda o‘tib, talabalar spiker bilan xorijiy tilda muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Ulashish:
1 319
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.