Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/03/2026
Chop etish
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi katta o‘qituvchisi Ravshan Djurayevich Ishmuhamedov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

U “O‘quv mashg‘ulotiga kirish, kuzatish va tahlil qilish texnikasi” mavzusida so‘z yuritib, darslarni samarali tashkil etish hamda tahlil qilishning zamonaviy yondashuvlari haqida fikr bildirdi.

Seminar-trening davomida JDPU mentori Dilshod Haydarov “STEAM ta’limining ilmiy-amaliy asoslari” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbirda zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar va dars jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Seminar ishtirokchilari uchun mazkur trening pedagogik faoliyat sifatini oshirish va tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.


Ulashish:
1 128
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.