Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
04/12/2024
Chop etish
JDPUda «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi. “Ochiq eshiklar kuni”da korrupsiya mavzusi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 9-dekabr– Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya” oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish  bo‘limi tomonidan tashkil etilgan «Ochiq eshiklar kuni»da talaba yoshlar, «Sayiljoyi» akademik litseyi o‘quvchilari, jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni universitet yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati, korrupsiyaga yo‘l ochib beradigan mexanizmlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish orqali inson omilini kamaytirib, adolatli, shaffof tizimni yaratish, poraxo‘rlik, qarindosh-urug‘chilik va tanish-bilishchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Bugungi kunda jahon miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada ko‘plab xalqaro hujjatlar ham qabul qilinib, ular asosida ushbu illatga qarshi choralar ko‘rilmoqda. – Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi, – deydi universitet “Aksilkorrupsiya kovorking» markazi raisi – Tarix fakulteti dekani F.Aqchayev, – Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “korrupsiya – bu davlatimizni ich-ichidan yemirib, milliy xavfsizligimizga raxna soladigan g‘oyat xatarli tahdid va unga qarshi murosasiz kurash olib borish – barchamizning burchimizdir”.

Uchrashuvda, yig‘ilganlarga ta’lim tizimida yaratilgan ulkan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi, kelgusida belgilangan maqsadlarga erishishda korrupsiya va tamagirlik kabi salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi jihatlar to‘g‘risida ham yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirib o‘tildi. Tadbir Muassasaning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati hamda ochiqligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti namoyishi bilan davom etdi.

Korrupsiya nima? -Manfaatlar to‘qnashuvi deganda nimani tushunamiz? – Korrupsiyani boshqarish deganda nimani tushunasiz? – Insonlar (yoshlar)da korrupsiyaga moyillik qachon boshlanadi? – Korrupsiyaviy jinoyatlarni fosh etilishining ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p tarqatilishiga munosabati? – Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarni bilasizmi? mazmunidagi savollar asosida tuzilgan taqdimot so‘ngida savollarga atroflicha javob berildi.

Tadbir so’ngida Universitetda tashkil qilingan Aksilkorrupsiya kovorking» markazining faol xodimlari hamda “Aksilkorrupsiya” oyligi doirasida tashkil etilgan tanlovlarda faol ishtirok etgan talaba yoshlar tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

 


Ulashish:
877
Boshqa rubrikalarda mashhur

Tabiiy fanlar fakulteti iqtidorli talabalari o‘rtasida “Ekofotolavha” fototanlovi o‘tkazildi.
Tabiiy fanlar fakultetida iqtidorli talabalar o‘rtasida “Ekofotolavha” fototanlovi o‘tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar atrof-muhit, tabiat manzaralari va ekologik muammolarga bag‘ishlangan ijodiy fotolavhalari bilan qatnashdilar.
Universitetda navbatdan tashqari kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdan tashqari kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Marosim an’anaviy tarzda taqdirlash bilan boshlanib, universitet rektori Maqsudjan Yuldashev Aniq fanlar fakulteti dotsenti Fayzulla Hayitovni...
Turkiyalik hamkorlar bilan memorandum imzolandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Turkiyaning nufuzli Anadolu universiteti vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar tadbirni o‘z universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan tanishtiruv videotaqdimoti bilan ochib berdilar.