Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/06/2025
Chop etish
JDPUda “Ochiq eshiklar” kuni bo‘lib o‘tdi.
Kelajagingizga JDPU bilan birga qadam qo‘ying!

Jizzax davlat pedagogika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-maydagi 203-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarda universitet faoliyati haqida zarur bilim va tasavvurni shakllantirish, ularga to‘g‘ri kasb tanlashda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.Tadbirda Jizzax viloyatining barcha tuman va shaharlaridan maktab, texnikum va litsey bitiruvchilari ishtirok etdi. Mehmonlar JDPUdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari, bitiruvchilarning bandlik imkoniyatlari, stajirovka va amaliyot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir doirasida talabalar ota-onalarga universitet faoliyati va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Kasb tanlash, amaliyot va ishga joylashish masalalari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan maslahatlar berildi. Mehmonlar uchun ko‘rgazmali namoyishlar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.


Ulashish:
926
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.