Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/03/2025
Chop etish
JDPUda Navro‘z bayrami shod-u xurramlikda nishonlanmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan universitet “Professorlar bog‘i”da tashkil etilgan bayram sayli ham shubha yo‘qki, professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va talaba yoshlar ko‘nglida bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun shukronalik kayfiyatini uyg‘otdi. Tadbirni universitet rektori bayram tabrigi bilan ochib berdi.

 

 

Universitetdagi barcha fakultetlar o‘zbek millatining ezgu qadriyatlarini asrab-avaylash, urf-odat va an’analari bardavomligini ta’minlash, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat hissini uyg‘otish maqsadida milliy taomlar, milliy liboslar va milliy sahna bezaklari va ko‘rgazmalari bilan bayramga fayz qo‘shishdi. Bugungi bayram tadbirida ayni hamjihatlik,  do‘stlik munosabatlari tarannum etildi. Qadriyatlar ulug‘landi. Tinchlikni,  Vatanni va bahorni madh ettiruvchi dilrabo kuy-qo‘shiqlar yangradi. Jozibador raqslar ijro etildi. Navro‘z arafasida turli tanlovlar va sport musobaqalarda g‘olib bo‘lgan faol ustozlar va talaba yoshlar taqdirlanishdi. Bahorning va bayramning shoh taomi sumalak ulashildi.

Universitetdagi E.Lutfullayev nomidagi talabalar maqomchilar ansamblining dilbar taronalari, yosh ijodkor talabalarning bayramona chiqishlari tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tantanalardan so‘ng barcha mehmonlar Navro‘z dasturxoniga taklif etildi.


Ulashish:
686
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi talabalarning biznes loyihalarini amalga oshirishga bag‘ishlangan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda Jizzax viloyati hokimi  birinchi o‘rinbosari  Zafar Azimov, Markaziy bankning Jizzax viloyati boshqarmasi rahbari Salohiddin Botirov, “O‘zmilliybank AJ” viloyatbanki rahbari Nurulla Islamov hamda universitet rektori...
JDPUda xalqaro hamkorlik doirasida boks bo‘yicha master-klass va shartnoma imzolandi.
Revolution Boxing Promotion kompaniyasi bilan o‘zaro kelishuv asosida Jizzax davlat pedagogika universitetida sport faoliyatining boks yo‘nalishi talabalari uchun maxsus master-klass tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumdan avval tashkil etilgan uchrashuvda musiqa ta’limi yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ochib berdi.