Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
03/02/2025
Chop etish
JDPUda korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Joriy yilning 2025-yil 6-yanvardan 29-yanvarga qadar Ishchi guruhi tomonidan universitetning professor-o‘qituvchi, o‘quv yordamchi va xo‘jalik xodimlarining zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini baholash o‘tkazildi. Shundan 950 ga yaqin funksiya/vazifalar bo‘yicha baholash o‘tkazilgan bo‘lib, 11 ta funksiya/vazifalar “Jizzax davlat pedagogika universitetini faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning xaritasi” loyihasiga kiritildi. Ushbu loyihaga kiritilgan 11 ta funksiya/vazifalarning barcha korrupsion xatarga moyillik darajasi o‘rta deb baholandi. Universitet faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf- xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi. Jumladan, Ichki axborot manbalari quyidagilardan iborat: Universitet faoliyatining (vazifa va funksiyalarining) huquqiy asosi; Ichki tekshiruv materiallari, shu jumladan xizmat tekshiruvi materiallari; Odob-axloq komissiyasi majlislarining yig‘ilishi bayonnomalari; Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining monitoring natijalari; Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Universitet faoliyati (vazifa va funksiyalari) yuzasidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar, shu jumladan sotsiologik tadqiqotlar natijalari, Tashqi axborot manbalari quyidagilardan iborat: Universitet faoliyati to‘g‘risidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha murojaatlar (xabarlar) va statistik ma’lumotlar; O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yoki boshqa davlat tashkilotlari tomonidan Universitet faoliyati (vazifa va funksiyalari) yuzasidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar, shu jumladan sotsiologik tadqiqotlar natijalari; huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan taqdim etilgan materiallar va boshqalar. Bundan tashqari, Universitet xodimi tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik; Universitet tomonidan faoliyatni (vazifa va funksiyalarni) amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sun’iy to‘siqlarning mavjudligi; o‘z vaqtida qaror qabul qilmaslik, asossiz tezkor tartibda qaror qabul qilish; hujjatlar, elektron ma’lumotlar bazalariga bila turib yolg‘on ma’lumotlarning kiritilishi; xizmat vakolatlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi; vakolatlarini amalga oshirishda mahalliychilik, homiylik, urug‘-aymoqchilik kabi holatlarning mavjudligi ham hisobga olinganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng, yig‘ilishda ishtirok etayotgan Ishchi guruh a’zolariga “Jizzax davlat pedagogika universitetini faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning xaritasi” loyihasi tarqatildi hamda Ishchi guruh a’zolariga yig‘ilish kun tartibiga asosan so‘z berildi.


Ulashish:
817
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.