Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/04/2025
Chop etish
JDPUda “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi.
Keyingi yillarda har yili aprel oyida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etish an’ana tusini oldi.

“Kitob – millatning madaniy va ma’naviy boyligi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov, va boshqalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongi tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishga, ularni ona Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan tarbiyalashga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida 2021-yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilandi. Haftalik davomida “Ochiq eshiklar kuni” kitoblar ko‘rgazmasi, “Bir haftada bir kitob”, aksiyalari tashkil etiladi. Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida oilaviy kitob o‘qish an’anasini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon ustoz”, “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovlari o‘tkaziladi.

 

Tadbirda yig‘ilganlar e’tiboriga teatrlashtirilgan musiqiy dastur namoyish etildi. Iqtidorli yoshlar tomonidan milliy raqslar, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Yangi nashr etilgan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.Kitobxonlik haftaligi 15-aprelga qadar davom etadi va haftalik doirasida kitob ko‘rgazmalari, ko‘rik-tanlovlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, yangi adabiyotlar sharhi, badiiy va musiqiy kechalar, «Sevimli kutubxonamga kitob sovg‘a qilaman» aksiyalari o‘tkaziladi.


Ulashish:
566
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Yoshlar kuni” tashabbusi amalda: universitetda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar kuni” tashabbusi doirasida Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Kattaxonova Dilnoza Sobirjonovna hamda agentlikning bir qator vakillari Jizzax...
TTJda “Yoshlar kuni” doirasida rektor va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi.
Joriy yil 24-fevral kuni mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda payshanba kunlarini “Yoshlar kuni” sifatida belgilash tashabbusi ilgari surildi. Mazkur tashabbus rahbarlar...
Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi talabalarning biznes loyihalarini amalga oshirishga bag‘ishlangan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda Jizzax viloyati hokimi  birinchi o‘rinbosari  Zafar Azimov, Markaziy bankning Jizzax viloyati boshqarmasi rahbari Salohiddin Botirov, “O‘zmilliybank AJ” viloyatbanki rahbari Nurulla Islamov hamda universitet rektori...