Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/01/2026
Chop etish
JDPUda kasbiy rivojlanish seminarlari davom etmoqda. Ravshan Jo‘rayevich bilan hamkorlik davom ettiriladi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun shanba kunlari uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari etib belgilangan bo‘lib, mazkur kunlarda respublikadagi taniqli olimlar va ekspertlar ishtirokida o‘quv seminarlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yil yanvar oyi boshida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi katta o‘qituvchisi Ishmuhamedov Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida 3 kunlik o‘quv seminari o‘tkazilgan edi.

Mazkur seminarlar professor-o‘qituvchilar tomonidan ijobiy baholanib, ularni davom ettirish bo‘yicha bildirilgan takliflar asosida Ravshan Jo‘rayevich yana universitetga ma’ruza darslari o‘tish uchun taklif etildi.

Navbatdagi o‘quv seminari “O‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda kuni kecha kafedra mudirlari va fakultet dekanlari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda bildirilgan taklif va fikrlar asosida mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Avval xabar berganimizdek o‘quv seminarlarida faol ishtirok etgan 30 nafar mentor tanlab olinib, ularning kafedralar kesimida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan edi. Bugungi seminar yakunida ushbu 30 nafar mentorning mualliflik ishlari himoyasiga bag‘ishlangan konsultatsiya mashg‘uloti ham o‘tkazildi.


Ulashish:
2 554
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.
Xotin-qizlar maslahatchilarining kasbiy kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi.
JDPUda “Speaking Club” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ingliz tilida erkin muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida universitet rektori tashabbusi bilan “Speaking Club”...