Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/11/2025
Chop etish
JDPUda jismoniy tarbiya va sportning innovatsion rivojiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 17–18-noyabr kunlari “Innovatsion, raqamlashtirilgan va globallashgan jamiyatda jismoniy tarbiya va sportning o‘rni va vazifalari” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyani universitet rektori, professor Maqsudjon Yuldashev ochib berdi. O‘z nutqida u xalqaro hamkorlikning bugungi globallashuv jarayonida tobora kuchayib borayotgani, bunday ilmiy anjumanlar esa hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Shuningdek, sport sohasida erishilayotgan yutuqlar, jismoniy sog‘liq va sportning o‘zaro uzviy bog‘liqligi haqida so‘z yuritdi.

Tadbir avvalida xorijiy va qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlarga esdalik sovg‘alari hamda milliy kiyimlar topshirildi.

Mazkur nufuzli anjumanda mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, sport sohasidagi yetuk mutaxassislar hamda yosh olimlar ishtirok etishdi.

Konferensiya doirasida innovatsion pedagogik texnologiyalar, jismoniy tarbiya tizimini raqamlashtirish, zamonaviy sport tibbiyoti, sport psixologiyasi, ommaviy sportni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi va amaliy tajriba almashildi.

Tadbir jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Konferensiya uch tilda — o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borildi.

Konferensiyadan so‘ng mehmonlar universitet va Jismoniy tarbiya va sport fakultetida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeylarida bo‘lishdi.


Ulashish:
1 217
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...