Jizzax davlat pedagogika universitetida 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi yakunlari yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi o‘tkazildi.
Unda ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi hisobotlari hamda ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya dalolatnomalari tinglandi.




Konferensiyada O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Jizzax viloyati bo‘yicha maslahatchisi B.Q. Qodirov va Jizzax viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tashkiliy bo‘limi mudiri Yunusov Ikrom Islomovich ishtirok etdi.




Yig‘ilishda jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi qoniqarli deb topildi.



Shuningdek, tadbirda 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan tarmoq kelishuvi hamda amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar asosida universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuziladigan yangi jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilindi.



Muhokamalar yakunida mazkur loyiha ma’qullanib, uni rasmiylashtirish va tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilindi.
