Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/02/2025
Chop etish
JDPUda “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar”  xalqaro kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 3 fevraldagi tegishli bayoniga muvofiq, 10-15 fevral kunlari “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi”  mavzusida haftalik tashkil qilindi.

Haftalikda olima ayollar va ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi, talaba va o‘quvchi-qizlar ishtirokida ta’lim muassasalari hamda mahallalarda ilmiy-amaliy anjumanlar, xotin-qizlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.Jumladan,  kuni kecha Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar”  xalqaro kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

So‘zga chiqqan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘ayrat Qodirov va boshqalar mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash kafolati sifatida istalgan yoshdagi ayollar va qizlarning fan, texnika va innovatsiyalar yutuqlari rivojidan teng va to‘laqonli foydalanish imkoniyati yaratilganligini e’tirof etishdi.

“Ayol ma’rifatli bo‘lsa, oila ma’rifatli bo‘ladi, oila ma’rifatli bo‘lsa -jamiyat ma’rifatli bo‘ladi. Bugungi kunda  Jizzax davlat pedagogika universitetida ham  olima ayollarimizning safi kengayayotgani, qizlar bilim olishga hammadan ko‘proq intilishayotgani quvonarli. Zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar. – deydi professor Baxti Ochilova

Shuningdek anjumanda  olima ayollar va ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi, talaba va o‘quvchi-qizlarga yanada imkoniyat yaratish, xotin-qizlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan turli tadbirlarni o‘tkazish lozimligi ta’kidlandi.

 Tadbir nihoyasida universitet badiiy jamoasining konsert dasturi hamda yosh ijodkorlarning she’rlaridan tinglandi.

Qizg‘in munozara, savol-javoblarga boy ilmiy-anjuman so‘ngida bir qator olima ayollarimiz universitet ma’muriyati hamda kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Ulashish:
638
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va Jizzax akademik litseyi hamkorligida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti hamda Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34-yilligi hamda 14-yanvar —...
JDPU rektori doktorantlar bilan uchrashib, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet rektori Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich tayanch doktorantlar...
Oliy pedagogik ta’lim tizimini transformatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Oliy pedagogik ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda isloh qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan respublika seminarini...