Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/07/2023
Chop etish
JDPUda ijodiy imtihonlar davom etmoqda: Ota-onalar nima deydi?

Oltinchi kun tafsilotlari …

Bugun yakshanba kuni bo‘lishiga qaramay Jizzax davlat pedagogika universiteti hovlisi gavjum. Musiqiy taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abituriyentlar qatorida farzandlariga ruhiy dalda bo‘lib, ular bilan hamroh bo‘lib kelgan ota-onalar ham hayajonda. Avval xabar berganimizdek mehmonlar va kuzatuvchi ota-onalar uchun universitet hududida salqin ichimliklar va shinam kutish xonalari va maxsus joylar tashkil qilingan. Universitet Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tayotgan imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri monitor orqali kuzatib o‘tirgan ota-onalarni suhbatga tortamiz.

-Samаrqand viloyati, Jomboy tumanidan kelganmiz. O‘g‘lim bolaligidan doira chalishni o‘rganib keladi. Shu yo‘nalishda tahsilni oliygohda davom ettirmoqchi. Imtihon jarayonlarni ayolim bilan kuzatib o‘tiribmiz. Xuddi o‘zim imtihon topshirayotgandek hayajondaman. O‘g‘lim qatori yaxshi umidlar bilan kelgan abituriyentlarga omad tilayman. Salqin xonalarda jarayonlarni kuzatib,barcha ota-onalar suhbatlashib kutib o‘tiribmiz. Bugunning o‘zida imtihon javoblari chiqar ekan. Ota-onalar xursand, kayfiyatimiz yaxshi, shu kayfiyat farzandlarimizga yuqsin,- deydi Xasan Oripov

— Bugun qizim universitetning musiqa taʼlimi yo‘nalishida ijodiy imtihon topshirmoqda, — deydi G‘allaorol tumanidan kelgan abiturientlardan birining onasi Dilafro‘z opa  — Qizimning kichkinaligidan shu sohaga bo‘lgan qiziqishini ko‘rib, qo‘llab-quvvatlashga harakat qildik. U musiqa sirlarini o‘rganib, mashhur musiqachi bo‘lishni oldiga maqsad qilgan. Mana, bugun universitetga kelib, imtihon jarayonlari qanday o‘tayotganligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib o‘tiribmiz. Quvonib o‘tiribman, ko‘nglimda umid bilan qizimga omad tilab o‘tiribman, imtihonlar shaffof va adolatli o‘tayotganini kuzatib o‘tiribmiz, ishonaman qizim albatta uddalaydi…

hozirgina imtihon topshirib chiqqan yigitga “qanday o‘tdi nima qilding, yaxshi topshirdingmi? Hakamlar nima dedi”- deya o‘rab olgan tengdoshlari qatorida turgan abiturientni biz ham savolga tutdik.

— Musiqiy taʼlim yo‘nalishiga hujjat topshirdim va bugungi imtihonda o‘zimning tayyorgarligimni namoyon etishga harakat qildim, — deydi Rustamjon – O‘tgan yillarda ham oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirib, kira olmagan edim. Bu yil ustozlarimiz bilan yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, imtihonda ham yaxshi natijalarga erishishga harakat qildim. Imtihon adolatli o‘tyapti deb hisoblayman. Chunki, barcha abituriyentlarga o‘z natijalari shu kuning o‘zida, hech qanday to‘siqlarsiz maʼlum qilinmoqda. Har bir abiturient o‘zini yo‘nalishidan kelib chiqqan holda o‘zidagi mavjud bilimlarini ishga solib, hayajonini yengib imtihon topshirmoqda. O‘zim kabi bugungi imtihonga kelgan barcha abituriyentlarga,  tengdoshlarimga omad tilayman.


Ulashish:
729
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...
30 nafar mentorning mualliflik taqdimot-darslari maxsus komissiya tomonidan baholandi.
O‘tgan galgi uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlari doirasida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida tashkil etilgan 3 kunlik seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar orasidan saralab olingan 30 nafar mentor o‘zlarining mualliflik...
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi uzluksiz kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun har shanba kuni o‘tkazilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasida “Bilim va o‘zlashtirishni baholash uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish...