Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/07/2023
Chop etish
JDPUda ijodiy imtihonlar davom etmoqda.

 Yettinchi kun tafsilotlari…

Tasvirlarda ko‘rib turganingizdek bugun abituriyentlar Jismoniy madaniyat yo‘nalishining yengil atletika turi bo‘yicha kasbiy(ijodiy) imtihonlarni topshirishmoqda. Jarayonlarni kuzata turib…Bir biridan o‘zishga intilib, yuqori natijani qo‘lga kiritish uchun bor kuch-g‘ayratini ishga solib, harakat qilayotgan yoshlarga havas qilasan kishi… Jon jahdi bilan, biroz hayajonda ko‘rsatilgan topshiriqlarni imkon qadar yaxshiroq bajarishga intilayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni istaysiz. Farzandiga ruhiy dalda bo‘lish uchun kelgan, aslida o‘zining ham hayajoni bolasidan ortiq bo‘lmagan ota-onaning ko‘nglini olgingiz keladi.

 Ota-onalar nima deydi?

 -G‘allaorol tumanidanmiz. O‘g‘lim bu yil maktabni tugatdi. Uch yildan beri sportning yengil atletika turi bilan shug‘ullanadi. Salohiddin mening bosh farzandim. U bilan birga keldim. Qo‘llab-quvvatlashni istadim. Monitordan kuzatib turibman. Biroz oldin o‘g‘lim 100 metr masofaga yugurishda birinchilardan bo‘lib keldi. Buni ko‘rib quvonib ketdim. Shu kichik yutuq ham ko‘nglimga xursandchilik kirdi,-deydi Umida opa

 -Men Jizzax shahridanman mening ham o‘g‘lim bugun ijodiy imtihonlarni topshirish uchun kelgan. Ertalabdan beri ota-onalar uchun mo‘ljallangan maxsus xonalarda monitordan kuzatib o‘tribmiz. Men bilan birga turmush o‘rtog‘im ham kelgan. Ikkimiz ham hayajondamiz. O‘zim qatori farzandini qo‘llash uchun kelgan ota-onalar bilan suhbatlashib o‘tiribmiz.Sharoitlar xususida gaplashdik. Ota-onalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kutish xonalari salqin. Mutaxassislar bilan suhbatlashib tushunmagan savollarimizga javob olishga harakat qilayapmiz.-deydi Maftuna Xoliqova

Abituriyentlar nima deydi?

-Hozirgina imtihon topshirib chiqdim. Natijalarim yomon emas. O‘zimga ishonaman. Uch yildan beri tayyorgarlik ko‘raman. Niyatim shu oliygoh talаbasi bo‘lish. Jarayonlar xolis va shaffof o‘tayotgani juda quvonarli. Har kim natijasiga qarab bahosini olayapti. Chiqib meni kutib turgan ota-onamni xursand qilmoqchiman. Ular meni intizor kutib turishibdi –deydi G‘allaorollik abituriyent yigitimiz

– Ismim Umid Samarqand viloyati, Urgut tumanidaman. Bu yil uchinchi yil hujjat topshirdim. Qattiq tayrlandim. 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha belgilangan rejani bajardim. Endi 1 km masofaga yugurishga tayyorgarlik ko‘rib turibman. Imtihonlar Xolis va adolatli tarzda o‘tayapti. Bu esa har bir iqtidori bor abituriyentning omadi bo‘lishiga ishoradir- deydi Samarqandlik Umidjon.


Ulashish:
931
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...
30 nafar mentorning mualliflik taqdimot-darslari maxsus komissiya tomonidan baholandi.
O‘tgan galgi uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlari doirasida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida tashkil etilgan 3 kunlik seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar orasidan saralab olingan 30 nafar mentor o‘zlarining mualliflik...
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi uzluksiz kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun har shanba kuni o‘tkazilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasida “Bilim va o‘zlashtirishni baholash uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish...