Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/02/2025
Chop etish
JDPUda brifing o’tkazildi.
Brifing  JDPUda 2023-2024 hamda 2024-2025 o‘quv yilida Talabalar turar joylarini qurish va foydalanishga topshirish (shuningdek  yangi qurilgan  va qurilayotgan boshqa binolar ) yo‘nalishida amalga oshirilgan  ishlar mavzusiga bag‘ishlandi.

Universitetda hozirgi kunda jami 18 482 nafar talabalar ta’lim olmoqda. Jumladan, 33 ta bakalavriat hamda 20 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Shundan, 9230 nafari (kunduzgi) bakalavr, 247 nafar magistr, 38 nafar qo‘shma ta’lim, 8873 nafar sirtqi va 94 nafar kechki ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar hisoblanadi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 1 va  2 sonli 2 ta TTJ mavjud edi, talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish  maqsadida mavjud 2 ta talabalar turar joyiga 2 yarusli krovatlar o‘rnatish hisobiga 1-sonli TTJ binosi sig‘imi  400 o‘rindan 512 o‘ringa, 2-sonli 80 o‘rinli TTJ binosi sig‘imi 104 o‘ringa oshirilishiga erishildi. Jami 616 urin tashkil etardi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-senyabrdagi №563-sonli qaroriga assosan talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy talabalar turar joylarini qurish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida Davlat-xususiy sheriklik asosida universitet va “IKRA BOND” ma’suliyati cheklangan jamiyati o‘rtasidagi Bitim asosida loyihaning umumiy qiymati 37,8 mlrd bo‘lgan, 7 qavatdan iborat bino qurilib foydalanishga topshirildi. Buning uchun viloyat hokimligi tomonidan Zargarlik MFY hududidan 1.8 ga yer maydoni ajratib berildi. Bu TTJ asosan qizil hududda ijarada yashayotgan talabalar jalb qilindi.

Bundan tashqari  bugungi Universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan  Jizzax shahri Sangzor MFY hududida umumiy qiymati 34,3 mlrdni tashkil qilgan 7 qavatdan iborat zamonaviy 600-o‘rinli yangi talabalar turar joyi binosini qurish ishlari tugallanmoqda. Buning uchun ham viloyat hokimligi tomonidan 3.0 ga yer maydoni ajratib berildi Sangzor MFY hududidan.

Shuniningdek  Zarbdor tumani Bo‘ston shaxarchasida joylashgan sirtqi bo‘lim talabalariga sharoit yaratish maksadida foydalanmay turgan binoda mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib barcha zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan, mebel va jixozlar bilan jixozlangan 200 o‘rinli yotoqxona foydalanishga topshirildi

Dastlab universitetda 2000 o‘ringa yangi talabalar turar joyi binolarini qurish ehtiyoji mavjud edi. 2023-2024 o‘quv yili va 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab qabul kvotalarining pasayganligi, talabalar soni qamrovi kamayganligi sababli hamda  yuqoridagi DXSh asosida 600 o‘rinli TTJ binosini barpo etish, Jizzax shahri Sangzor MFY hududida 600-o‘rinli yangi talabalar turar joyi binosini qurish, 200 o‘rinli TTJ barpo etish,  mavjud TTJ binolarini ta’mirlash va 2 yarusli krovatlar o‘rnatish hisobiga talabalar turar joyiga bo‘lgan extiyoj qoplandi.

2024 yilda Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar professor o‘qituvchi xodimlarga yanada yaxshi sharoitlar yaratish maqsadida universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan  Jizzax shahri Jizzaxlik maxallasida joylashgan Fizika va texnologik ta’lim fakulteti binosi hududidan yangi  2 qavatli umumiy qiymati 6,6 mlrd so‘m bo‘lgan 200 o‘rinli  o‘quv binosi to‘liq jihozlari bilan qurib foydalanishga topshirildi, ushbu binoda 100 o‘ringa muljallangan oshxona xam qurilib foydalanishga topshirildi.

Sh.Rashidov tumanida joylashgan Tarix fakulteti hududidan umumiy qiymati 2,7 mlrd so‘m bo‘lgan 240 o‘rinli ma’ruzalar zali va amaliy ko‘rgazma (muzey) binosi qurilib foydalanishga topshirildi. Ushbu xududdan 80 o‘rinli oshxona xam faoliyatni boshladi

Jizzax shahri Zargarlik MFY manzilida joylashgan yopiq suzish xavzasi inshootida umumiy qiymati 3,0 mlrd so‘m bo‘lgan  rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Hozirda suzish havzasi inshootida mashg‘ulotlar o‘tish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek Axborot-resurs markazi (ARM)  binosida umumiy qiymati 7,2 mlrd so‘m bo‘lgan qo‘shimcha qavat qurish orqali rekonstruksiya ishlari bajarildi. ARM binosi kitobxonlarga 7/24 rejimida xizmat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda kutubxona bir vaqtning o‘zida 500 nafar talabani qabul qila oladi. Kutubxona umumiy 191600 kitob fondiga ega, 3-qavatning o‘zida 30 mingdan ortiq kitoblar mavjud bo‘lib, 9 mingdan ortig‘i badiiy adabiyotlar, 21 mingga yaqini darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarni tashkil etadi.

Universiteti bosh binosi hududidan byudjetdan tashkari mablag‘lar hisobiga 1.1 mlrd so‘mga yangi 100 o‘rinli oshxona binosi qurib foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari Jizzax shahri Sangzor MFY hududida universitetning byudjetdan tashkari mablag‘lar hisobiga shartnoma qiymati 83.7 mlrd so‘mni tashkil qiladigan 2500 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi davom etmoqda, ushbu qurilish joriy yilning aprel oyiga yakunlanishi rejalashtirilgan. Bu o‘quv binosi bitgandan so‘ng universitetning Xorijiy tillar fakulteti, Rus tili va adabiyoti fakulteti, O‘zbek tili fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim fakultetlarini ko‘chirish rejalashtirilgan.

Universitet binolar tom kismiga jami 720 kvt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatildi. Jami  yillik elektr energiya iste’moli 1543586 kvtni tashkil etadi, shundan Elektr tarmoklari korxonasidan 1107726 kvt elektr energiya sotib olindi, quyosh panellari hisobidan 778615 kvt elektr energiya ishlab chikarildi, 342754 kvt elektr energiya Elektr tarmoklari korxonasiga sotildi, 435861 kvt elektr energiya quyosh paneli ishlab chikarishidan iste’molga ishlatildi, umumiy iste’molga nisbatan quyosh panelining ulushi 50.4 foiz ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qarori ijrosida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Jizzax viloyati hokimligi bilan hamkorlikda universitetining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 2025-yil davomida 420 o‘rinli maktab va 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasi qurish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib vazirlikga taqdim qilingan. Jizzax shahri Zargarlik MFY Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 4 uyda joylashgan 1.3–sonli binoni rekonstruksiya qilish orqali 420 o‘rinli umumiy o‘rta ta’lim maktabini, Jizzax davlat pedagogika universitetiga qarashli Zarbdor tumani «Shodlik» MFY hududida joylashgan 5.2–sonli binoni rekonstruksiya qilish orqali 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil qilish bo‘yicha ID raqam olish uchun Moliya vazirligiga tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun taqdim qilindi. Obyektlar bo‘yicha ID raqam olingandan so‘ng qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini o‘tkazish platformasiga (https://tender.mc.uz/) e’lonlar beriladi. Shuningdek mazkur qarorga asosan universitetning Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh koʻchasida joylashgan bosh binosi hududidan mavjud xojatxona binosini buzish va oʻrniga avtoturargoh, 30 ochkoli xojatxona binosi va usti yopiq tennis maydoni qurish belgilangan. Jizzax davlat pedagogika Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh koʻchasida joylashgan bosh binosi hududidan mavjud xojatxona binosini buzish va oʻrniga avtoturargoh, 30 ochkoli xojatxona binosi va usti ѐpiq tennis maydoni qurish obyekti bo‘yicha loyiha smeta hujjatlari “ME’MORPROJECT” MChJ tomonidan tayѐrlangan. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» davlat unitar korxonasining Andijon viloyati boshqarmasining 04-12-2024 yildagi 224344 sonli yig‘ma ekspert xulosalari olingan Loyihaning umumiy qiymati 2,2 mlrd ni tashkil qiladi. Mazkur obyekt qurilish ishlari universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bugungi kunda pudrat tashkilotini aniqlash uchun qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini o‘tkazish platformasiga (https://tender.mc.uz/) e’lonlar berildi.

  

 


Ulashish:
461
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.