Karera markazi
Karera markazi
|
28/11/2025
Chop etish
JDPUda bitiruvchilar, ish beruvchilar va “O‘zmilliybank” ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari, ish beruvchilar hamda “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati filiali mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuv va seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi mutasaddilari, tumanlar ta’lim bo‘limlari vakillari hamda “Kelajakka qadam” dasturi mas’ullari ishtirok etib, bitiruvchilarga sohadagi zamonaviy talablar, ishga joylashish shartlari va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, “O‘zmilliybank” tomonidan PQ-61-sonli qaror bilan tasdiqlangan dastur doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Ayni paytda JDPUning 216 nafar bitiruvchisidan hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, 134 nafar talaba jami 2 mlrd 297 mln 100 ming so‘m kredit bilan qo‘llab-quvvatlangan. Shundan:

1 mlrd 320 mln so‘m — talabalarning plastik kartalariga; 977,1 mln so‘m — YATT va CHMJlar hisob raqamlariga aylanma mablag‘ sifatida yo‘naltirilgan.


Ulashish:
1 775
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.