Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/07/2025
Chop etish
JDPU «Volontyorlar klubi» — “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida G‘allaorolda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Volontyorlar klubi”ning faol yoshlari «Dolzarb 90 kun» tashabbusi asosida navbatdagi safarini amalga oshirishdi. Bu galgi manzil — G‘allaorol tumanidagi 19-maktab bo‘ldi.
Safar doirasida maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, «Bugungi kun o‘quvchisi va uning ehtiyojlari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Muhokamalarda zamonaviy ta’limning asosiy vazifalari, yosh avlodning intellektual va ma’naviy rivojlanishi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch muhiti kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida “Bugungi kun o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak?” degan savol atrofida qizg‘in fikr almashinuvlar bo‘lib o‘tdi. Ta’lim sifatini oshirish, yangi pedagogik yondashuvlar va o‘qituvchining shaxsiy rivojlanishi borasida amaliy takliflar ilgari surildi.

Tashabbusning amalga oshishiga rahbarlik qilgan “Volontyorlar klubi” yetakchisi Asqar Qayumovning tashabbuskorligi va fidoyiligi e’tirofga loyiq. Uning rahbarligida klub a’zolari har bir uchrashuvda nafaqat bilim, balki ruhiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni ham namoyon etmoqdalar.


Ulashish:
8 747
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektor tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.