Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/02/2026
Chop etish
JDPU talabalari Turkiyada qishki maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va mutaxassislari xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Turkiya davlatining nufuzli Necmettin Erbakan Universitida tashkil etilgan “Silk Road and Beyond – 2026” xalqaro qishki maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro dastur doirasida ishtirokchilar uchun iqtisodiyot, siyosat va xalqaro munosabatlar, tarix, falsafa va kommunikatsiya, energetika hamda barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, dastur madaniy-ma’rifiy hamda ijtimoiy tashriflarni ham o‘z ichiga oladi.

Qishki maktabning ilk dars mashg‘ulotlari mazkur universitetning yetakchi professorlari — Mustafa Acar hamda Bilal Kuşpınar tomonidan olib borildi.

Mazkur dastur Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari uchun xalqaro akademik tajriba almashish, bilim va kasbiy salohiyatni oshirishga xizmat qilmoqda.


Ulashish:
2 269
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.