Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/11/2025
Chop etish
JDPU talabalari Turkiyada o‘tayotgan xalqaro “Startap” loyihasida ishtirok etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishining bir guruh iqtidorli talabalari amaliyot va ilmiy izlanishlar doirasida Turkiya Respublikasining Karaman shahrida joylashgan Karamanoğlu Mehmetbey Universitetida 2025-yil 3–9-noyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan xalqaro “Startap” loyihasida ishtirok etmoqda.

Mazkur loyiha talabalarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Ta’kidlash joizki, Jizzax davlat pedagogika universiteti tarixida ilk marotaba talabalar bunday yirik xalqaro startap dasturida ishtirokchi sifatida qatnashmoqdalar.

Ayni paytda Turkiyada bo‘lib turgan JDPU talabalari universitet rektori Maqsudjon Abdullayevichga ko‘rsatgan amaliy yordami va qo‘llab-quvvatlovi uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Ushbu xalqaro tashabbus JDPU talabalari uchun yangi tajriba maktabi bo‘lib, universitetning global ta’lim maydonidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 444
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi
Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”da bo‘lib o‘tgan festivalda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Jizzaxda “Vatanparvarlik paradi” tantanali ruhda o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida “Vatanparvarlik paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Ijodiy (kasbiy) imtihonlarning ikkinchi kunida abituriyentlar Musiqa ta’limi hamda Sport faoliyati: dzyudo ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etmoqda.