Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan Orol dengizi tarixi muzeyi hamda Orol kemalari yodgorligiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalarga Orol dengizining ekologik holati, inqiroz sabablari hamda hududda amalga oshirilayotgan ekologik tiklanish ishlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar Orolbo‘yi hududidagi ekologik muammolar va atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari bilan yaqindan tanishdilar.



Mazkur ekologik-ma’rifiy tadbir yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish va tabiatga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
