Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/12/2024
Chop etish
JDPU talabalari main.jdpu.uz ichki boshqaruv partalida o‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma tuzishi belgilangan.
Jizzax Davlat pedagogika universiteti rektorining 2024-yil 4-dekabrda “Universitet talabalariga o‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma rasmiylashtirish to‘g‘risida”dagi  № 396-U buyrug‘i tasdiqlangan. 

Ushbu buyruqqa asosan 2024-yil 1-dekabrdan boshlab universitet talabalari main.jdpu.uz ichki boshqaruv partalida o‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma tuzishi  belgilangan. O‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma 10 ta bobdan iborat bo‘lib bular

 1. shartnoma predmeti:
 2.o‘quv jarayonini tashkil qilish tartibi:
 3. tomonlarning majburiyatlari:
 4. tomonlarning huquqlari:
 5. universitet hududida taqiqlanadigan talablar:
 6. talabalarni o‘qish va jamoat ishlaridagi yutuqlari uchun rag‘batlantirish tartibi:
 7. talabalarga qo‘llaniladigan intizomiy ta’sir choralari:
 8. shartnomaning amal qilish muddati, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi:
 10. yakuniy qoidalar va nizolarni hal qilish tartibi:
 11. tomonlarning imzolari:

Universitet talabalari universiteti rektorining 2024-yil 4-dekabrda “Universitet talabalariga o‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma rasmiylashtirish to‘g‘risida”dagi  № 396-U buyrug‘i uchinchi bandiga asosan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi 185-son qarorining ikkinchi xatboshida axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnoma yozma shaklda tuzilgan va taraflar tomonidan imzolangan, shu jumladan, taraflarning muhrlari bilan tasdiqlangan shartnomaga tenglashtirilishi belgilab qo‘yilganligi inobatga olinsin va talaba main.jdpu.uz ichki boshqaruv portaliga joylashtirilgan shartnoma shartlariga rozilik bergan vaqtdan boshlab yuridik kuchga kirishi ko‘rsatilib o‘tilgan.

O‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun talabalar shartnomaning kuchga kirganligi, uning mazmun-mohiyati to‘g‘risida jdpu.uz rasmiy saytiga va universitetning rasmiy jdpu.uz saytida ko‘rsatilgan ijtimoiy tarmoqlar orqali hamda universitet tomonidan yaratilgan axborot tizimlari tanishib chiqish imkoniyati yaratilgan.


Ulashish:
2 358
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va Jizzax akademik litseyi hamkorligida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti hamda Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34-yilligi hamda 14-yanvar —...
JDPU rektori doktorantlar bilan uchrashib, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet rektori Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich tayanch doktorantlar...
Oliy pedagogik ta’lim tizimini transformatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Oliy pedagogik ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda isloh qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan respublika seminarini...