Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
25/12/2024
Chop etish
JDPU Sirtqi bo‘limida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
JDPU Sirtqi bo‘lim boshlig‘i, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va uslubchilar bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Umrzoqov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2024-yil davomida Sirtqi bo‘limda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilingan ishlar bo‘yicha qisqacha to‘xtalib o‘tildi, shuningdek, 2025-yil davomida bir qancha muhim ishlarni amalga oshirishimiz kerakligi, jumladan, Ishga qabul qilinayotganida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risidagi arizani elektron va qog‘oz ko‘rinishida olish, tahlil qilish, manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘rish, manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishining oldini olish lozimligi, bo‘limga kelib tushgan korrupsiyaga oid murojaatlar bo‘yicha zudlik bilan mas’ul xodimlarga xabar berish tizimini ishlab chiqish, korrupsion xavf-xatarlarni baholashda ishtirok etish va boshqa bir qancha masalalar aytib o‘tildi.


Ulashish:
1 215
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
JDPUda o‘quv ishlari bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.