Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/06/2024
Chop etish
JDPU rektori xalqaro forumda ishtrok etdi.
24–25-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak taʼlim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” mavzusida Rossiya-Oʻzbekiston toʻrtinchi taʻlim forumi bo‘lib o‘tdi.

Oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsion texnologiyalar sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladigan mazkur forumda JDPU rektori, professor Sh.S.Sharipov ham ishtirok etdi.
Ikki davlat rahbarlarining tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan rektorlar forumida ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida zamonaviy muhandis kadrlarni tayyorlashda hamkorlik, biotexnologiya va tibbiyot sohalarida tajriba almashish, maktabgacha va maktab ta’limida sifatni ta’minlashga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.

Ulashish:
810
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro hamkorlik doirasida boks bo‘yicha master-klass va shartnoma imzolandi.
Revolution Boxing Promotion kompaniyasi bilan o‘zaro kelishuv asosida Jizzax davlat pedagogika universitetida sport faoliyatining boks yo‘nalishi talabalari uchun maxsus master-klass tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumdan avval tashkil etilgan uchrashuvda musiqa ta’limi yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ochib berdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.