Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/04/2026
Chop etish
JDPU rektori musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv talabalarning hisobot konserti bilan boshlanib, orkestr, milliy cholg‘ular, fortepiano va xor ijrolari katta taassurot qoldirdi.

Rektor ijrolarga yuqori baho berib, may oyida “Talabalar bahori” festivalini o‘tkazish hamda chorshanba kunini “Musiqiy ta’lim kuni” deb e’lon qilishni ta’kidladi.

Shu bilan birga, talabalar tomonidan bildirilgan takliflar asosida alohida mashg‘ulot xonalarini ajratish, cholg‘ular bilan ta’minlash masalalari qo‘llab-quvvatlandi.

Muloqotdan so‘ng rektor va mas’ullar ishtirokida yo‘nalish infratuzilmasi ham o‘rganilib, auditoriya va mashg‘ulot xonalari ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tavsiyalar berilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.


Ulashish:
1 110
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.