O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan pedagogika OTMlari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va talaba-izlanuvchilar Xitoy Xalq Respublikasiga tajriba almashish va malaka oshirish uchun yuborildi.
Ushbu dastur Shenyan pedagogika universiteti hamkorligida “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida kadrlar salohiyatini oshirish” mavzusida tashkil etilgan bo‘lib, unda Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti Sh. Bo‘ranova ham ishtirok etmoqda.



Dastur doirasida ishtirokchilar ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy o‘qitish uslublari, talabalarni fanga jalb qilish, ilmiy-amaliy hamkorlik kabi yo‘nalishlarda fikr va tajriba almashmoqdalar. Shu bilan birga, u ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
