Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JDPU professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

JDPU Fizika va texnologik taʼlim fakultetining professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan targ‘ibot tashviqot ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan uchrashuvlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Umirzoqov universitetning “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Siyosati” mazmun mohiyatini tushuntirib, talabalar yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlarida professor-o‘qituvchilarni tamagirlik holatlariga, manfaatlar to‘qnashuviga undamaslik, yakuniy nazorat imtihonlarda o‘z bilimlariga tayangan holda baholarni olishlarini, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka doir choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushunchalar berdi.