Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/11/2023
Chop etish
JDPU o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchi talabalari bilan ochiq muloqot.

Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Jizzax filiali Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘limi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish, davlat fuqarolik xizmatida gender tangligini ta’minlash, bilimli yoshlarni sohaga jalb qilish, davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, davlat fuqarolik xizmati jozibadorligini oshirish, ijtimoiy va huquqiy ta’minlashga oid choralar to‘g‘risida ochiq muloqot tarzida seminar bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonun mazmun-mohiyati, Agentlikning vazifalari, ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, samaradorlik ko‘rsatkichlar, davlat fuqarolik xizmatchilari ish jarayonlari, ularni xizmat pog‘onalarida o‘stirish va doimiy malakasini oshirish bo‘yicha tushgan savollarga atroflicha javob berildi.

 


Ulashish:
671
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev boshchiligida o‘tkazildi.
JDPU talabalari Turkiyada qishki maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va mutaxassislari xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Turkiya davlatining nufuzli Necmettin Erbakan Universitida tashkil etilgan “Silk Road and Beyond – 2026”...
JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...