Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/11/2025
Chop etish
JDPU o‘qituvchisi xalqaro ilmiy konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti Ingliz tili nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Uzoqova Shahnoza Soibnazarovna Avstraliyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Charlz Darvin universitetida o‘tkazilgan “Language and the Interface of Mono-/Multi-/Translingual Mindsets” nomli xalqaro konferensiyada faol ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli ilmiy anjuman zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari, ko‘ptillilik tafakkuri, til o‘rganishning yangi metodologik yondashuvlari bo‘yicha xalqaro tajribalar almashuviga qaratilgan bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli olimlar va amaliyotchi mutaxassislarni bir maydonga jamladi.

Shaxnoza Soibnazarovna konferensiyada o‘zining ilmiy izlanishlariga asoslangan ma’ruza bilan qatnashib, til o‘rganuvchilarning monoli va multilngval fikrlash jarayonlariga o dolzarb masalalarni yoritdi. Uning tadqiqotlari xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Mazkur ishtirok o‘qituvchining shaxsiy yutug‘i bo‘lish bilan birga, O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish metodikasini rivojlantirishga ham muhim hissa qo‘shadi.


Ulashish:
1 710
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektori tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.