Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/11/2025
Chop etish
JDPU delegatsiyasi II O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumida ishtirok etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tayotgan II O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli forum O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan.

Forum doirasida ikki mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilari va xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etmoqda. Ular tomonidan ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish kabi muhim masalalar muhokama qilinmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi a’zolari ham o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, universitetning xalqaro hamkorlik sohasida amalga oshirayotgan ishlari va istiqbolli yo‘nalishlarini taqdim etmoqda.

Bu kabi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish JDPU uchun ilg‘or tajribani o‘rganish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda universitetning nufuzini xalqaro maydonda yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Ulashish:
837
Boshqa rubrikalarda mashhur

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim talablariga mos ilmiy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan dolzarb masalalarni...
JDPUda pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy rivojlanish o‘quv seminarlarining navbatdagi bosqichi yakunlandi.
Mashhur ekspert-trener, professor Ishmuhammedov Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida o‘tkazilgan uch kunlik seminarlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar tinglovchilarga sodda va ta’sirchan usullarda yetkazildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun TOP–300 OTMlar tajribasiga asoslangan o‘quv seminari davom etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun dunyoning TOP–300 oliy ta’lim muassasalari tajribasiga asoslangan o‘quv seminari o‘z ishini davom ettirmoqda.