Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ekofaol talabalar
Ekofaol talabalar
|
02/12/2025
Chop etish
JDPU Akademik litseyida “Ekologik mas’uliyat” haftaligi boshlandi.

Haftalik doirasida “Ekologik qonunchilik — mening huquq va burchlarim” mavzusida 120 nafar o‘quvchi ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Ochilish marosimida JDPU xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z. Kasimova ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni asrash va ekologik qonunchilikka rioya qilishning ahamiyatini ta’kidladi.

Davra suhbatida ekologik huquqlar, fuqaro burchlari, amaldagi ekologik qonunchilik, yoshlarning ekologik faolligini oshirish yo‘llari hamda chiqindilarni to‘g‘ri saralash madaniyati kabi mavzular yoritildi. Haftalik davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazmalar, ekologik aksiyalar va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Ulashish:
1 331
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kembrij universitetida o‘tkazilgan seminar xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qildi.
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25–31-yanvar kunlari Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida Markaziy Osiyo oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.
JDPUda kasbiy rivojlanish seminarlari davom etmoqda. Ravshan Jo‘rayevich bilan hamkorlik davom ettiriladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun shanba kunlari uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari etib belgilangan bo‘lib, mazkur kunlarda respublikadagi taniqli olimlar va ekspertlar ishtirokida o‘quv seminarlari...
“Global Citizenship Workshop” seminar-treningi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Kyungwoon University bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Global Citizenship Workshop” xalqaro seminar-treningi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.