Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida «IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» respublika tanlovining Jizzax viloyati hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda talaba-qizlarning dasturlash, veb va mobil ishlanmalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim, robototexnika hamda IoT texnologiyalari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.







Tanlov yakuniga ko‘ra, yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Jumladan, Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari 6 ta yo‘nalishda birinchi o‘rinni egalladi:
-
Veb-ishlanmalar — Shodmonova Zaynab;
-
Mobil ilovalar — Xo‘jamqulova Dilso‘z;
-
Sun’iy intellekt — Xolmirzayeva Mahliyo;
-
Kiberxavfsizlik — Abdurashidova Mavjuda;
-
Raqamli ta’lim — Saidazimova E’zoza;
-
Mexatronika va robototexnika — Atabayeva Dinara.







Shuningdek, «Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari» yo‘nalishida O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi Murodova Fotima birinchi o‘rinni egalladi.







G‘olib va sovrindorlar taqdirlandi. Tanlovning «Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari» yo‘nalishi g‘olibi Murodova Fotima respublika final bosqichida Jizzax viloyati nomidan ishtirok etadi.
