Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan Fizika va texnologik ta’lim hamda Boshlang‘ich ta’lim fakulteti iqtidorli talabalariga seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi «Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida»gi 351-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasidagi loyiha tanlovlari, jumladan, «IDEATON-O‘ZBEKISTON-2030», «TOP 10 INNOVATOR» hamda «Ayollar biznesiga birinchi qadam» tanlovlarining mazmun-mohiyati, muddatlari va tartiblari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek iqtidorli talaba qizlarni Talabalar akademiyasiga a’zo bo‘lishga yo‘naltirildi.