Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/07/2023
Chop etish
HUQUQSHUNOS MINBARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 354-moddasiga muvofiq, shuningdek, og‘ir ishlarda hamda zararli va xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning va mazkur ishlar sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmaydigan shaxslarning mehnatidan foydalanishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 354-moddasida:

og‘ir ishlarda hamda zararli va xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning, shuningdek, mazkur ishlar sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmaydigan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanishi;

o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musaev zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2023 yil 14 iyul, 290-son

 

 

 

Hukumat qarori bilan (290-son, 14.07.2023y.) O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati tasdiqlandi.

Ro‘yxatga ko‘ra, quyidagi ishlarda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi, jumladan:

— Ko‘mirni boyitish apparatchisi;
— Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;
— Yer osti kon ishchisi;
— Tarkibida olmos bo‘lgan konsentratlarni me’yoriga yetkazuvchi;
— Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;
— Olmoslar va o‘ta qattiq materiallarni silliqlovchi;
— Issiqlik tarmog‘idagi uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha chilangar;
— Neft va gaz qazib olish bo‘yicha operator;
— Gaz taqsimlash stansiyasi operatori;
— Tibbiy preparatlarni dozalovchi;
— Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;
— Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;
— Gipsni qizdiruvchi;
— Asfaltbetonchi;
— Novvoy;
— Xamir qoruvchi;
— Go‘sht mahsulotlarini kesuvchi;
— Muzqaymoq tayyorlovchi;
— Naqqosh;
— Yo‘lovchi tashuvchi poezd mexanigi-brigadiri;
— Tez tibbiy yordam stansiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.

 


Ulashish:
854
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.