Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/09/2024
Chop etish
«Havas ortida mehnat turishi lozim,» -deydi universitet rektori.
2024-2025 o‘quv  yili boshlanishi munosabati bilan turli mutaxassislik bo‘yicha ishga qabul qilinayotgan talabgorlar bilan universitet rektori suhbat o‘tkazdi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘z faoliyatini boshlash uchun 30 nafar pedagog va ishchi xodimlar ariza bilan murojaat qilishgan. Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov oliy ta’lim muassasasidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida universitet rektori har bir nomzoddan kelgusidagi rejalari, ayni paytda olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan qiziqdi. Shuningdek, ularning til bilish darajasi ham e’tibordan chetda qolmadi.

Nomzodlar bilan suhbat chog‘ida ularning qanday ma’lumotga egaligi, ta’lim sohasida kamida besh yil ishlagani, shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlari, soha rivojiga qo‘shgan hissasi hamda tanlangan ta’lim yo‘nalishining hozirgi ish faoliyatiga mos kelishi hisobga olindi. Ayni paytda nomzod o‘zining yo‘nalishidan kelib chiqib olib borayotgan ilmiy izlanishlari mavzusi va uning dolzarbligiga ham e’tibor qaratildi.


Ulashish:
964
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.