Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/07/2026
Chop etish
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda

“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga bir haftalik ijodiy-ma’rifiy safar tashkil etildi.

Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning sport sohasidagi yutuqlarini munosib e’tirof etish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish, xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishtirish hamda dunyoqarashini yanada kengaytirishdan iborat bo‘ldi.
Safar davomida ishtirokchilar Turkiyaning tarixiy, madaniy va diqqatga sazovor maskanlariga tashrif buyurib, mamlakatning boy madaniy merosi, milliy an’analari va zamonaviy taraqqiyot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, Istanbul shahrining mashhur tarixiy obidalari, madaniy markazlari va go‘zal manzillari bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlar talabalar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

Dastur doirasida delegatsiya Istanbul Aydin universitetiga ham tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitetning ta’lim jarayoni, xalqaro faoliyati, zamonaviy infratuzilmasi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlari hamda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan yutuqlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar universitetning sport majmualari, mashg‘ulot zallari va talabalar uchun mo‘ljallangan boshqa infratuzilma obyektlari bilan tanishdilar. Sportchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jismoniy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirokini ta’minlash borasidagi ilg‘or tajribalar o‘rganildi.


Ulashish:
684
Boshqa rubrikalarda mashhur

Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida kurs vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogikauniversiteti  Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida har bir kurs vakillaridan iborat “kurs qo‘mitalari” faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.
JDPUda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Universitetning Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni...
JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...