Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/04/2025
Chop etish
Germaniyalik mehmonlar Navro‘z tantanalarida ishtirok etishdi.
Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi tomondan tashkil etilgan bayram xorijlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Universitet “Professorlar bog‘i” bugun har qachongidan gavjum. tabiiy fanlar fakulteti jamoasi navro‘z bayramini nishonlashmoqda. Talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan milliy taomlar, milliy liboslar va milliy sahna bezaklari va ko‘rgazmalari bayramga fayz qo‘shdi.

Bayramga taklif etilgan xorijlik mehmonlarga milliy qadriyat va a’nanalarimizni aks ettiruvchi so‘zana va kashtalar sovg‘a qilindi.

Bugungi bayram tadbirida ayni hamjihatlik,  do‘stlik munosabatlari tarannum etildi. Qadriyatlar ulug‘landi. Tinchlikni,  Vatanni va bahorni madh ettiruvchi dilrabo kuy-qo‘shiqlar yangradi.

 


Ulashish:
589
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektor tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.